Shovot tumanidagi otaliqqa olingan yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlari va sport bellashuvlari tashkil etildi.

16.Okt.2024

Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi, tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarga daxldorlik tuygʻularini rivojlantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida “Vatanga sodiq yoshlarmiz” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

Dastlab faxriylar, sport ustalari va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri oʻtkazilib, unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shundan soʻng, ishtirokchilar turli xil sport bellashuvlarida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Shuningdek, yoshlar uchun qurol-aslaha va maxsus vositalarning koʻrgazmasi hamda sportning kamondan otish va ot sporti turlari boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi.Tadbir yakunida musobaqalar davomida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar tashkilotlilar tomonidan taqdirlandilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech