Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan Baxt shahrida joylashgan Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya uyushtirildi.
Milliy gvardiyaga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining Toshkent shahriga uyushtirilgan sayohati “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlandi. Innovatsion texnologiyalar asosida, Oʻzbekiston xalqining II jahon urushida koʻrsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasi va «Shon-sharaf» davlat muzeyi ekspozitsiyalarini tomosha qilgan bolalar xalqimizning urush yillarida koʻrsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlariga guvoh boʻlishdi. Shuningdek, zamonaviy armiyamiz haqida ham maʼlumot olishdi. Bu esa albatta yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Keyingi manzil yirik koʻngilochar maskan, poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining suyukli joyiga aylanib ulgurgan "Magic city" yaʼni “Sehrli shaharcha” boʻldi. Tarbiyalanuvchilar bu yerda qad rostlagan dunyoga mashhur shaharlar koʻchalari, erkaknamo qasrlar qiyofasi aks ettirilgan binolar boʻylab sayohat qilishdi.
Shuningdek, yoshlar Toshkent shahrida Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birida boʻlishib, muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bugunda ularning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga yaqindan tanishishdi. Goʻzal kentimizga uyushtirilgan bir kunlik sayohat albatta mazkur tarbiyalanuvchilarning xulqini yaxshilashda va vatanga sadoqat ruhida ulgʻayishida muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: