Mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yoshlarni jismonan sog‘lom etib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 27 oktabr kuni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida Farg’ona viloyati ITKF "Karate-do" federatsiyasi direktori A.Yunusov boshchiligida, 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sportning ITKF "Karate-do" turi bo‘yicha imtihonlar hamda rangli belbog‘ topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari hamda o‘z mahoratlarini oshirishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bo`lishmoq: