Milliy gvardiya Samarqand viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ullari hududlarda yoshlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida hamda umumta’lim muassasalarida, kamondan otish sport turini keng targ‘ib qilish va yoshlarni ushbu sport turiga qiziqishlarini oshirib borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Boshqarmaning tashabbusi bilan ushbu sporti bo‘yicha hududlarda qator sport tadbirlari hamda musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
Samarqand shahridagi 1-son sport maktabida o‘tkazilgan Kamaondan otish sport turi musobaqasining viloyat bosqichiga viloyatning shahar va tumanlaridagi 16 ta spot to‘garklari jamoalari ishtirok etishdi. Tashkil etilgan musobaqada yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Jamoalar o‘rtasida o‘zaro kechgan bellashuvlarda. yoshlar murabbiylaridan o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini ishga solishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlaorda jamoalar birdek jonbozlik ko‘rsatishdi. Musobaqa yakuniga umumjamoa hisobida 3- o‘rinni Bulung‘ur, 2- o‘rinni Ishtixon, 3- o‘rinni Samarqand shahar jamoalari egalladi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi yakkalik bellashkularda birinchi o‘rinni Samarqand shahar sportchisi Emin Halilov, 2- o‘rinni Ishtixon tumanidan, Asadbek Bozorov, 3- o‘rinni Samarqand shahrinig sportchisi Nurmuhammad Rahimovlar egallagan bo‘lsa, qiz bolalar o‘rtasida kechgan musobaqalarda Samarqand shaxar sportchisi Hilola Abbosova birinchi o‘rinni, Samarqand shahridan tashrif buyurgan sportchi Mehribon Obidjonova ikkinchi. Bulung‘ur tumanidan tashrif buyurgan sportchi Zaynab Ibragimova esa 3- o‘rinni qo‘lga qiritdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. albatta bugun mamlakatimizda barcha sohalar singari sport sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, sport turlari rivojlanib, sportchilarimiz jahon arenalarida yurtimiz sha’nin munosib himoya qilib, mamlkatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelishmoqda. Bu borada, sportchilarni qo‘llab-quvvatdlashda vilocht Qo‘riqlash boshqarmasi ham munosib hissa qo‘shib qelmaqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi
Bo`lishmoq: