14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”munosabati bilan sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularda sportga qiziqishni yanada oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar, Qo‘qon Davlat pedagogika instituti hamda San‘at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali talaba yoshlari ishtirokida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi.
Jamoalar harbiy qism rahbariyati hamda Qo‘qon Davlat pedagogika instituti tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: