O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Namangan garnizonida joylashgan kuch va tuzilmalar o‘rtasida suzish sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa “Barkamol avlod” sport majmuasida yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va irodaviy bardoshi sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, eng muhimi esa Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhini mustahkamlash maqsad qilingan.
Bo`lishmoq: