Bugungi global iqlim o‘zgarishlari sharoitida azaliy an’analarimiz va qadriyatlarimiz asosida yashillikni ko‘paytirish, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqaligina musaffo tabiatni kelajak avlodga yetkazishimiz mumkin. Shu maqsadda Farg‘onada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik!” chellenji doirasida daraxt ekish marosimi o‘tkazildi. Farg‘ona shahar “Yangi O‘zbekiston” massividagi Eco shahar bog‘ida o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida daraxt ko‘chatlari ekish chellenjiga start berildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy shaharcha atrofini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida meva daraxtlarini ekish ishlari tashkil etilib, shu kuni 200 ga yaqin ko‘chatlar yerga qadaldi. Shu bilan birga har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi belgilandi.
Bo`lishmoq: