Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya qo'mondonining bayram tabrigi

11.Noy.2023

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

O'z hayotini inson salomatligini asrashdek mas'uliyatli va sharafli ishga bag'ishlagan siz azizlarni tibbiyot xodimlari kuni - kasb bayramingiz bilan Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, biz yangi O'zbekistonda inson qadri va manfaatlarini ta'minlashni o'z oldimizga ezgu maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bu yo'lda xalqimiz salomatligini mustahkamlash eng muhim vazifalarimizdan biri bo'lishi tabiiydir.

Darhaqiqat,o'z qasamyodiga, kasbi va burchiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimiz an'analarining davomchilari bo'lgan tibbiyot xodimlariga bundan buyon ham shu ezgu yo'lda bor bilim va tajribalarini safarbar etishlariga butun halqimiz ishonadi.

Bu ishonch esa har bir tibbiyot sohasi xodimiga cheksiz faxr-iftixor baxsh etish bilan birga, zimmasiga yanada ulkan mas'uliyat ham yuklaydi.

Chunki mamlakatimizda tibbiy xizmatlarining sifat darajasi oshib, yangi zamonaviy yo'nalishlar, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, xalqimiz tibbiyot sohasi xodimlarini dunyodagi eng oliyjanob kasb egalari, fidoyi insonlar sifatida biladi va mashaqqatli mehnatingizni doimo yuksak qadrlaydi.

Milliy gvardiya tizimlarida burch, sadoqat, jasorat! shiori ostida xizmat burchini ado etib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning zimmasiga yuklatilgan barcha mas'uliyatli vazifalar to'laqonli amalga oshirilishida, hech shubhasiz, safimizda mehnat qilayotgan jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlarining hissasi beqiyos.

Siz azizlarni yana bir bor qutlug'bayramingiz bilan chin dildan tabriklab, kelgusi faoliyatingizda yutuq va omadlar, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

 

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni, general-mayor R.Djuraev

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech