"Tinch yurtimga koʻz tegmasin" mavzusida vatanparvarlik darsi oʻtildi.

04.Noy.2024

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi Jizzax shahar boʻyicha inspektor psixologi tomonidan 31-sonli maktabda Vatanparvarlik kuni munosabati bilan "Tinch yurtimga koʻz tegmasin" mavzusida oʻquvchilarga vatanparvarlik darsi oʻtildi. Darsda avvalo shukronalik, tinch va totuv elda yashashning oʻzi baxt ekanligi borasida oʻquvchilarga tushunchalar berildi. Maktab ichki tartib qoidalariga rioya etish lozimligi hamda Vazirlar mahkamasining 282-sonli "Odob axloq qoidalari" oʻqib, mazmun-mohiyati yetkazildi. Yigʻilish qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech