Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarni o‘rni mavzusida “Ayollar forumi” o‘tkazildi

15.Iyu.2024

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylandi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida boʻlgani kabi Milliy gvardiya tizimida ham xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmasida “Xavfsizlikni taʼminlanishida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida tashkil etilgan Ayollar forumi ham uch yuzga yaqin turli soha vakillari boʻlmish xotin-qizlarni bir maqsad sari birlashtirdi.
Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Qodirxonova Malika Akbarovna, Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rahimova Durdona Shukurullayevna, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Nurmatova Mukarram Axmedovna, shuningdek, Respublika harbiy prokuraturasi, Respublika diniy qoʻmita, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼul xodimalari ishtirok etdi.
Dastlab forumni videokonferensiya orqali hududiy boshqarmadan qatnashgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov ochib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor, gender tenglik masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
U oʻz nutqida bu sohadagi islohotlar Milliy gvardiya tizimida ham jadallik bilan amalga oshirilayotganligini taʼkidlab, harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan maqsadli ishlash, bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻrgatish, ularga ruhiy va maʼnaviy koʻmak berish maqsadida alohida 39 ta ofitserlik lavozimlari joriy etilib, ushbu lavozimlarga harbiy xizmatchi va xodima ayollar tayinlanganligini eʼtirof etdi.
Shuningdek, forum doirasida lektorlar “Xotin - qizlarni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishning ustivor yoʻllari”, “Tinchlik va havfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni”, “Oila-maʼnaviyat maskani” kabi mavzudagi maʼruzalar bilan chiqishdi.
Mazkur forumda maʼruzachilar tomonidan ayol harbiy xizmatchi, xodimalar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab quvvatlanishi, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy faolliklarini yanada oshirish, kelajak avlod va farzand tarbiyasida, oilada sogʻlom maʼnaviy –ahloqiy muhitni shakllantirish hamda gendr tenglikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi va keng muhokama qilindi.
Tadbir soʻngida tashkilotchilar tomonidan Forumning faol ishtirokchilari munosib ragʻbatlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech