Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida Toshkent harbiy prokuraturasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda xizmat intizomi va qonunchilik masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, korrupsiya va firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligi borasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan kengroq tanishtirildi. Shuningdek, qo‘riqlash xizmati xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyati va qoidalari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Bundan tashqari shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomiga rioya qilish, turli xildagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish - har bir kishining vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Bo`lishmoq: