Toshkent shahridagi harbiy qismda harbiy prokuratura va Milliy gvardiya Markaziy devoni vakillari ishtirokida keng qamrovli tadbirlar boʻlib oʻtdi

14.Fev.2025

Birinchi qismda shaxsiy tarkib bilan harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomi va qonuniylik buzilishining oldini olishga qaratilgan suhbat oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar harbiy prokurorining oʻrinbosari, adliya polkovnigi Q.Roʻzimetov, Milliy gvardiya Markaziy devoni boshqarma boshligʻi, polkovnik R.Kamolov va boshqa bir qator boshqarma boshliqlari hamda masʼul xodimlari, shuningdek, Milliy gvardiya faxriylari kengashi raisining oʻrinbosari, nafaqadagi polkovnik B.Toʻgʻrilov oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, harbiy xizmatchilarning savollariga batafsil maʼlumot berishdi.

Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Harbiy prokuratura va Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼullari har bir murojaatni tinglab, bir qator murojaatlar yuzasidan masʼul shaxslarga harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining muammolarini hal etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berishdi.

Bundan tashqari kitob yarmarkasi ham tashkil etilib, harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari oʻquv va badiiy adabiyotlar, harbiy-huquqiy mavzudagi kitoblarni xarid qilish imkoniga ega boʻldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech