Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab qizlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi. Mana ikki oydirki zamonaviy auditoriyalarda oʻquvchi-qizlarga keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, psixologik, ijodiy va tahliliy fikrlash koʻnikmalari berilmoqda.
Joriy yilning 14-oktabr kuni oʻquvchi-qizlar uchun “Har bir qiz baxtli boʻlishga haqlidir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litsey xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha masʼullar, psixolog hamda guruh rahbarlari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida “Men baxtli inson boʻla olaman” mavzusida “Baxt – oʻzi nima” savoli boʻyicha oʻquvchi-qizlarning fikrlari tinglandi va “Bogʻdagi gullar” psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mazkur mashgʻulot oʻquvchi-qizlarda psixologik yengillikni vujudga keltirish, ijobiy kayfiyatni hosil qilishda yaxshi samara berishi maqsadga muvofiq boʻlib, mashgʻulot fikrlar almashinuvi hamda psixologik maslahat va tavsiyalar bilan boyitildi.
Oʻtkazilgan psixoprofilaktik tadbir oʻquvchi-qizlarda baxt tushunchasini talqin qilish hamda uni his qilishga oʻrgatishga boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Bo`lishmoq: