Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining va boshqarma boshligʻining buyrugʻi bilan viloyatdagi ustozlik va murabbiylik faoliyatini yuritib kelayotgan bir necha fidoiy kasb egalari, Milliy gvardiya koʻkrak nishoni, faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi. Ushbu tadbir ustozlar ishtirokida yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi va esda qolarli lahzalarga boy bo’ldi. Tadbirda so’zga chiqqanlar bayram tabriklari bilan ishtirok etishdi va kasb egalarini mashaqqatli mehnatlarida ulkan zafarlar tilashdi.
Bo`lishmoq: