Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida Olmazor tumanida joylashgan “Muslim” sport klubi qatnashchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

12.Yan.2025

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaritashkil etilganligining 33 yilligi hamda “14 -yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa harbiy vatanparvarlik ruhini ularning qalbida yuksaltirish, maʼnaviy barkamol, aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarini taʼminlash borasidagi ishlar doirasida,O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida Olmazor tumanida joylashgan “Muslim” sport klubi qatnashchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida sport klubi aʼzolari, Markazda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlar uchun yo‘lga qo‘yilgan sport to‘garaklari, qurol-aslaha hamda maxsus texnikalar, xizmat otlari, moto va avto patrulning xizmat faoliyati, Qo‘riqlash xizmatining Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir davomida qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari tashrif buyuruvchilarning alohida qiziqish va olqishlariga sazovor bo‘ldi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech