Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi , maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Janubiy operativ qo‘mondonligi hamkorligida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuv harbiy tayyorgarlikni oshirish va mustahkamlashga qaratilgan kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlardan iboratdir.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Elparvar” jamoasi 1-o‘rin;
Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasi 2-o‘rin;
Denov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Denov yo‘lbarslari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Bo`lishmoq: