Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat kengashi hamkorligida, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur tadbirda o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yotoqxonalar va jismoniy mashg’ulot burchaklar, tibbiyot xonalari bilan tanishishdi. Jadidchilik namoyondalarining hayoti va yoshlarga qoldirgan ulkan me’roslari takror yodga olindi. Vatanparvarlik ruhida chop etilgan kitoblar tahlili hamda Milliy gvardiya faxriylarining bosib o‘tilgan mashaqqatli hayot yo‘lini o‘quvchi-yoshlar tinglab o‘zlari uchun kerakli hulosalar olishdi.
Bo`lishmoq: