Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi inspektor-psixologi tomonidan Sh.Rashidov tumani maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli 31-sonli maktab o'quvchilari bilan sodir etilishi mumkin bo'lgan yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ'ibot ishlari olib borildi. Tadbirda voyaga yetmaganlar bilan sodir bo'layotgan yo'l transport hodisalari haqida rolik namoyish etildi, yo’l qoidalari, yo'l belgilari haqida savol javoblar o'tkazildi. Voyaga yetmaganlar transport vositalarini hujjatlarsiz boshqarmaslik va oqibatlari misollar bilan tushuntirilib, javobgarlik to’g’risida tushunchalar berildi. Maktabda tashkil etilgan "Yashil chiroq" sinfi faoliyati bilan tanishilib, tegishli ko'rsatmalar berildi. O'quvchilarga qonunlarga rioya etib, maktab ichki tartib qoidalariga amal qilish kerakligi tushuntirib o'tildi.
Bo`lishmoq: