Hududlarda “Uch avlod uchrashuvlari” davom etmoqda

04.Okt.2024

Bugungi kunda Milliy gvardiya oʻsib kelayotgan yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan baquvvat, hamda vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida qator chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etib kelmoqda. Bu borada, yoshlar oʻrtasida turli koʻrik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda. 

Bu kabi tadbirlarning navbatdagi Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasining tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” ham oʻquvchilar uchun esda qolarli boʻldi.

Uchrashuv chogʻida Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmasining Faxriylar kengashi aʼzolari va Afgʻon urushi qatnashchilari yoshlarga oʻzlarining hayot yoʻllari, yurt tinchligi, uning osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashda koʻrsatgan fidokorona xizmatlari hamda faoliyati davomida erishgan yutuqlari toʻgʻrisida soʻzlab berdilar. Ayniqsa, Afgʻon urushi Jangohlarida qatnashgan qanchadan-qancha askarlarimiz halok boʻlganligi, Bugungi tinch, osuda va dorilamon kunlarni qadriga yetish, mamlakat tinchligi va ravnaqi uchun har birimiz masʼul ekanligimiz xususida ham toʻxtalib oʻtdi. 

Tadbir davomida, faxriy mehmonlarga maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlagan konsert dasturi ham namoyish etildi. Mehmonlar bolajonlarning chiqishlarini koʻrib, bugun hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibor tufayli ular fan, madaniyat va sport sohalarida erishib kelayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etishdi. 

Albatta, bu kabi tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlodni yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech