Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi viloyat maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi bilan hamkorligida viloyatdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan qorovullar uchun keng qamrovli oʻquv yigʻini tashkil qilindi.
Milliy gvardiya Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari tomonidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha maktab qorovullari ishtirokida o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
O‘quv yig‘ini davomida qorovullarga maxsus vositalarini qo‘llash, tartibbuzarni ushlash, shuningdek, maktab rahbariyati va inspektor psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirib berildi.
Qolaversa, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i tomonidan maktablarda sodir bo‘layotgan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, bu kabi holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dasturlar ishtirokchilarga yetkazildi.
Bo`lishmoq: