Urganch davlat pedogogika instituti talabalari bilan "Harbiylar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

04.Fev.2025

Yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan talabalarga Milliy gvardiyaning vazifalari hamda faoliyat turlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi. 

Bahs va munozaralarga boy o‘tgan davra suhbati davomida, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zlariga kerakli bo‘lgan javoblarni oldilar. Tadbir so‘ngida talabalarga Milliy gvardiya faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, Milliy gvardiya faoliyati batafsil yoritib berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech