Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi mas’ul harbiy xizmatchilari va Huquqni muhofaza qiluvchi hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirokida USAID xalqaro tashkilotining malaka oshirish o’quv seminari bo’lib o’tdi.
Seminarda asosan hozirgi kunda dolzarb muammolarga aylangan “Zo’ravonlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxslar bilan profilaktik suhbat olib borish va oiladagi zo’ravonlikning psixologik tavsifi” mavzularida nazariy va amaliy bilim ko’nikmalar oshirildi.
3 kun davomida bo’lib o’tgan seminarda Xalqaro USAID tashkiloti ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga seminarni muvafaqqiyatli yakunlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.
Bo`lishmoq: