Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida muloqotlar o’tkazilmoqda

11.Dek.2024

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Boshqarma shaxsiy xavfsizlik boʻlimi katta ofitseri, IIV terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boʻlim boshligʻi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Diniy ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi vakillari ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, shaxsiy tarkibga turli ijtimoiy tarmoqlarga aʼzo boʻlishning salbiy oqibatlari, oilaviy nizolar va ajrimlar toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech