Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida umumiy yig’ilish o’tkazildi.

31.Okt.2024

Bo'linmalarda harbiy intizom va huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilik va qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, shaxsiy tarkibni hayotini va sog'ligini asrashda qo'l ostidagi barcha kuch va vositalardan foydalanish, mansabdor shaxslarni hamda shaxsiy tarkibni mas'uliyatini oshirishga safarbar qilish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta'minlash maqsadida, huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni o'tkazildi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan "2024-yil 9 oy davomida shaxsiy tarkib bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni olidini olish, xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlarining tahlili hamda kelgusiga vazifalar" yuzasidan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati harbiy prokuraturasidan mas’ul ofitserlar ishtirok etdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech