Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi o‘rtasida tuzilgan Memorandumga muvofiq, Milliy gvardiya (katta) inspektor-psixologlarining taʼlim-tarbiyaga oid bilim saviyasi va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan xolda o‘quv-seminari tashkil qilindi.
O‘quv-seminarda professor-o‘qituvchilar tomonidan Milliy gvardiya inspektor-psixologlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan maktablarda o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida zarur bo‘lgan zamonaviy psixologik-pedagogik bilimlar o‘rgatildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazining sertifikatlari topshirildi.
Bo`lishmoq: