Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻquv-seminariga bugundan start berildi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov rahbarligida boʻlib oʻtayotgan ushbu seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarning kasb va bilim malakasini mustahkamlashdan iborat. Bundan tashqari, favqulodda holatlarda va baxtsiz hodisalar sodir boʻlishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning oldini olish, maktab maʼmuriyati va oʻquvchilarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uquv seminar amaliy va nazariy shaklda oʻtkazilmoqda, bu esa ishtirokchilarga xavfsizlik choralarini samarali amalga oshirish va zarur boʻlgan hollarda tezkor javob berish qobiliyatini oshirish imkonini beradi.
Bo`lishmoq: