Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini axloqiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va psixologik holatini yaxshilash, xulqi ogʻishgan bolalar va ularning ota-onalari bilan alohida ishlash boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Respublika maʼnaviyat va marifat markazi Samarqand viloyat boʻlimi hamkorlikda Bolalar bilan ishlash boʼlimi inspektor-psixologlari ishtirokida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini axloqiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va psixologik holatini yaxshilash, xulqi ogʻishgan bolalar va ularning ota-onalari bilan alohida ishlash boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda, taʼlim muassasalarida bolalarning psixologik va maʼnaviy rivojlanishiga yordam berish, ularni ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, oʻquvchilarga ruhiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish va samarali psixologik xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha tajriba almashishning ahamiyati taʼkidlandi.
Seminar davomida, pedagoglar va psixologlar bolalar bilan ishlashning eng samarali usullarini muhokama qilib, kelgusi hamkorlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha kelishib olindi. Ular orasida oʻquvchilarning axloqiy-ruhiy holatini doimiy ravishda kuzatib borish, psixologik yordam koʻrsatish va ijtimoiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish masalalari belgilab olindi. Shuningdek, oʻquvchilarning psixologik holatini yaxshilash va ularga yanada yuqori sifatli taʼlim-tarbiya berish uchun oʻqituvchilar bilan hamkorlikda ishlashni yoʻlga qoʻyish lozimligi belgilab olindi.
Bo`lishmoq: