Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muxim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bu sohaning yanada rivoj topishi uchun keng yo‘l ochmoqda.
Shu munosabat bilan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan maktablarda turli xil sport turlaridan to‘garaklar tashkil etilib, o‘quvchilar ushbu sport to‘garaklariga qatnashib kelmoqdalar. Xususan, Quva tumanida o‘quvchilarni qo‘l janggi sport turi bilan shug‘ullanishlarini taʼminlash maqsadida “Matonat” sport klubining ochilish marosimi Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov boshchiligida tashkillashtirildi va tumanning 80 nafar o‘quvchisini qamrab olgan holda o‘z ish faoliyatini boshladi.
Yoshlarni jismonan yetuk va maʼnan barkamol bo‘lishi O‘zbekistonning porloq kelajagi uchun ishonch demakdir! Zero, kelajak yoshlar qo‘lida!
Bo`lishmoq: