"Vatan manzumasi" - vatanparvarlik kechasi

13.Mar.2024

Poytaxtimizdagi "Turkiston" san`at saroyida "Vatan manzumasi" nomli adabiy ma`rifiy kecha bo`lib o`tdi. Harbiylar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma`naviyat va ma`rifat markazi ansambli xonandalari chiqishlari ham barchani to`lqinlantirdi. Shuningdek, tadbirda mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishta hayot, hamjihatlik va farovonlikni ifodalovchi videolavhalar, teatrlashtirilgan badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech