Yurtimiz mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida Buxoro shahrida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
Tadbir doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar uchun gvardiyachilar tomonidan harbiy texnika vositalari, shuningdek, ko‘rgazmali jangovar chiqishlar namoyish qilindi.
Mazkur festival yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Bo`lishmoq: