"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan bosh gʻoya asosida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida mustaqilligimizning 34 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

02.Sen.2025

"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan bosh gʻoya asosida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida mustaqilligimizning 34 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirini ochib bergan Boshqarma boshligʻi polkovnik M.Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining tizimda faoliyat olib borayotgan gvardiyachilarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirib, barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va tinchligini taʼminlash, huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, shaxsiy tarkibga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh gvardiyachilar Milliy gvardiya Qoʻmondonining koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Boshqarma boshlig’ining buyrug’i bilan faxriy yorliq va tashakkurnomalar o’z egalariga topshirildi. Tadbir shaxsiy tarkib uchun tashkil etilgan madaniy hordiq bilan yakunlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech