Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi, Farg‘ona viloyat harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.
Ana shu maqsadga qaratilgan navbatdagi tadbir Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida Milliy gvardiyaga biriktirilgan alohida ishlash talab etadigan yoshlar, o‘quvchi-yoshlar, gvardiyachilarning farzandlari va oilaviy bolalar uyi farzandlari ishtirokida tashkillashtirildi.
Dastlab yoshlarga Milliy gvardiya faoliyati va tarixi haqida ma‘lumot berildi, shundan soʻng ular harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika hamda oʻquv qurollari bilan tanishdilar.
Yosh askarlar tomonidan saf chiqishlari va badiiy chiqishlarni o‘quvchi-yoshlar o‘zgacha qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Shuningdek, boshqarma ktubxonasi va muzeyiga sayohat tashkil etilib, ko’plab maʼlumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlarga Boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bo`lishmoq: