Viloyat axborot-kutubxona markazida “Vatan himoyasi-muqaddas burch!” shiori ostida badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi

10.Yan.2025

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati IIB boshqarmasi, Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrug, Samarqand viloyati Milliy Gvardiya va Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Samarqand viloyat "Barkamol avlod"  Sug‘diyona milliy raqs guruhi bilan hamkorlikda 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida faxriy harbiylar tomonidan ajdodlarimiz vatanimiz mustaqilligi yo'lida qilgan mehnatlari ta'kidlanib o'tildi. Shuningdek, viloyat "Barkamol avlod"  Sug‘diyona milliy raqs guruhi tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech