Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda jamoalar Navoiy haqidagi savollarga javob berib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir yakunida g‘olib jamoalarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bo`lishmoq: