Миллий гвардия Маънавият ва маърифат марказида тизимдаги ҳарбий хизматчи ва ходимлар ҳамда ишчи хизматчилар ўртасида “Энг яхши ҳарбий қўшиқ ижрочиси” танловининг республика босқичи ўтказилди

23.Sen.2023

Mazkur tanlov harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, intellektual va ijodiy salohiyatni yanada rivojlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar, xodimlar va ishchi xizmatchilar o'rtasida o'tkazildi. Hududiy bosqichlarda g'olib bo'lgan 14 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga etib kelishdi. Ular ona-Vatanni madh etuvchi hamda harbiylar to'g'risidagi qo'shiqlarini tanlovda ijro etishib, o'zaro ijodiy bellashishdi. Albatta har bir ijroning o'ziga yarasha yutuq va kamchiliklari mavjud. Bularga esa Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi vakillari, shoir va kompozitorlaridan tashkil topgan hakamlar hay'ati tomonidan baho berildi.
Ijrochilar kundalik xizmatlaridan tashqari ijod bilan shug'ullanib, san'atga oshno bo'lganligi, kuylagan ashulalarining dilga yaqinligi bilan tomoshabinlarda katta ta'sirot qoldirdi. Tadbir so'ngida g'olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib ravishda rag'batlantirildi.
Shuni ta'kidlab o'tishimiz kerakki, mazkur tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilar kelgusida Qurolli kuchlar tuzilmalari o'rtasida bo'lib o'tadigan ko'rik-tanlovlarda qatnashishadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech