O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Zangiota tumani axborot xizmatlari markazi bilan hamkorlikda, 24-sonli tarbiya kolloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlar bilan “Zakovat – aql xazinasi” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur intellektual oʻyinni tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish hamda jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yanada oshirishdan iboratdir.
“Zakovat – aql xazinasi” intellektual o‘yinida 115 nafar yosh mahkum ishtirok etdi. Mazkur bellashuvda qatnashchilar turli shartlar boʻyicha oʻzaro aqliy bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Oʻyin yakunida gʻolib boʻlganlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bo`lishmoq: