"ZAKOVAT QUIZ" intellektual o‘yini tashkil etildi

09.Fev.2025

Jizzax shahridagi yoshlar innovatsion markazida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Zakovat NNT hamkorligida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi hududiy bo‘linmalardagi yosh xodimlar o‘rtasida "ZAKOVAT QUIZ" intellektual o‘yini tashkil etildi. Munozaralarga boy o‘tgan mazkur intellektual o‘yin yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan jamoalarga Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech