Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Tarix bilimdoni”, “Eng yaxshi harbiy qo‘shiq ijrochisi”, “Eng yaxshi yosh adib” hamda “Eng yaxshi yosh shoir” tanlovlarining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi

07.Okt.2023

Qurolli Kuchlar tizimidagi  harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Tarix bilimdoni”, “Eng yaxshi harbiy qo‘shiq ijrochisi”, “Eng yaxshi yosh adib” hamda “Eng yaxshi yosh shoir” tanlovlarining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Tadbirda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiyadan jami 4 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etishdi. ning g‘oliblarini joriy yilning 7-oktabr kuni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi

Ushbu tanlovlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari munosib ishtirok etib quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

- Tanlovning “Eng yaxshi yosh shoir”  bellashuvida   – faxrli birinchi o‘rinni    Jamoat xavfsizligi universiteti 4- bosqich kursanti Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li qo‘lga kiritib “I darajali diplom” hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

- Tanlovning “Eng yaxshi harbiy qo‘shiq ijrochisi” bellashuvida – faxrli ikkinchi o‘rinni    Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (xonandasi)   harbiy xizmatchisi  Xabiyev Shoxbos Alijon o‘g‘li qo‘lga kiritib, “II darajali diplom” hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 -Tanlovning “Tarix bilimdoni” bellashuvida – faxrli ikkinchi o‘rinni    Jamoat xavfsizligi universiteti 1- bosqich kursanti Davronov Alijon Amonovich qo‘lga kiritib “II darajali diplom” hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Tanlovning “Eng yaxshi yosh adib” bellashuvida “Kasb sharaflangan hikoya uchun” nominatsiyasini    Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati qo‘riqlash boshqarmasi xodimi katta leytenant Abduolimov Abdug‘affor Abduxalil o‘g‘li qo‘lga kiritib, diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlovda g‘olib bo‘lgan safdoshlarimizni Milliy gvariya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan  samimiy muborakbod etamiz

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech