O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida "Ilm-fan va ta'limning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

08.Okt.2024

Bugungi kunda ta'lim tizimini xususan, oliy ta'lim tizimini takomillashtirish va zamon bilan hamnafas tarzda rivojlantirib borish davlatimizning bosh islohotiga aylangan.

Ushbu islohotlar doirasida 2024-yil 4-oktabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida Respublikamizning bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Farg‘ona viloyati xokimligi huzuridagi raqamli texnologiyalar markazining mutasaddi xodimlari ishtirokida "Ilm-fan va ta'limning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

So'zga chiqqanlar tomonidan anjumanning maqsad va vazifalariga to‘xtalib, mamlakatimiz ilm-fani oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar, hozirgi globallashuv davrida innovatsion rivojlanish tendensiyalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari, bu borada milliy va xalqaro tajribaning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech