Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi” toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya markaziy devoni harbiy xizmatchilari va ishchi xizmatchilari uchun "Millat bayrogʻi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov ochib berib, Davlatimiz ramzi boʻlgan bayrogʻimiz har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun naqadar ahamiyatli ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng Davlat Madhiyasi shaxsiy tarkib tomonidan ijro etildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi adliya polkovnigi I.Turgʻunov tomonidan Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonunchilik toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Tadbir yakunida Davlat bayrogʻiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.
Bo`lishmoq: