O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi

21.Dek.2024

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ona Vatanga sadoqat hissini shakllantirish maqsadida, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida viloyatdagi yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkillashtirildi.

Tadbir avvalida, yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir davomida, yoshlar harbiy texnikalar, qurollar-aslahalar va anjom-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar uchun "Ot minish" bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilib, "Xizmat iti" ning qiziqarli chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar, ular erishgan yutuqlar hamda boshqarmada mavjud "Kutubxona" va "Shonli tarix muzeyi" bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech