Prezidentimiz tomonidan 2025-yilda “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Unga koʻra, joylarda mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va adabiy kechalar oʻtkazilmoqda.
Xususan, Davlatimiz rahbarining qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. "Jadidlik harakati asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasi mangu qalbimizda” mavzusidagi tadbirda Milliy gvardiya markaziy devoni shaxsiy tarkibi va tizimda oʻz yigitlik burchini ado etayotgan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Dastlab mutafakkir adibning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shundan soʻng, Alfraganus universiteti Filologiya fakultetining professori, Filologiya fanlari doktori Avazov Normurod Xakimovich va Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tarixchi bosh ilmiy xodimi Irzayev Baxromjon Shaymamatovichlar tomonidan adibning milliy ozodlik harakati buyuk namoyandasi sifatida olib borgan ilgʻor harakati, ilm-fan, taʼlim va tarbiya, adabiyot va sanʼat, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilgʻor taraqqiyot yutuqlarini oʻzlashtirish yoʻlida qilgan jasorati va islohotparvar qarashlarini namoyon etadigan maʼruzalar qilindi.
Tadbir maʼrifatparvar buyuk jadidlar xotirasiga bagʻishlangan qoʻshiqlardan iborat konsert dasturiga ulanib ketdi.
Bo`lishmoq: