Joriy yilning 7-dekabr Konstitutsiya kuni arafasida oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari va Olmazor tuman oliy ta'lim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida 5300 metrga ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkazildi. Uning maqsadi kursant va talabalar orasida jismoniy faollikni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, yoshlarning har tomonlama barkamol rivojlanishining asosiy omili sifatida sport va ta'limni birlashtirishga qaratildi. Ishtirokchilar poytaxtning talabalar shaharchasi yaqinidagi shohkoʻchalar boʻylab oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash muassasalari sport va jismoniy chiniqish inson hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini tobora koʻproq anglamoqdalar. Yoshlarda faol va sogʻlom turmush tarzini ragʻbatlantirmoqdalar. Boʻlib oʻtgan ommaviy yugurish musobaqasini ham ana shunday e'tibor samarasi deyish mumkin. Undagi 5300 metrli murakkab masofani bosib oʻtishda harbiy soha yigitlari orasida mutloq gʻoliblikni Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Ruslan Karnilov qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti Akobir Qironboyevga nasib etdi. 3-oʻrin ham Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Oʻktam Musayevga berildi.
Bo`lishmoq: