Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida Milliy gvardiya Tarbiyaviy ishlar boʻlimi boshliqlari, harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va psixologlari ishtirokida "Oʻz kasbining ustasi" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

19.Noy.2024

Koʻrik-tanlovning ochilish marosimida Milliy gvardiya Qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etdi va harbiy xizmatchilarga omad tiladilar. Harbiy xizmatchilar tanlovning birinchi kunida saf koʻrigi va saf tayyorgarligi elementlaridan sinov topshirdilar. Koʻrik-tanlovning ikkinchi kuni doirasida harbiy xizmatchilar erta tongni badantarbiyadan boshladilar. Shundan soʻng 1000 metrga yugurish, 100 metr masofaga yugurish va toʻsinda tortilish shartlari boʻyicha sinovlar topshirdilar. Koʻrik tanlov ishtirokchilarida Qurolli kuchlarning umumharbiy nizomlar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, tarbiya va mafkuraviy ishlar, oila psixologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv darslari tashkil etildi va egallagan bilimlari doirasida sinovlar qabul qilindi. Har bir harbiy xizmatchi borki jangovar qurollar bilan yaxshi tillasha olishi kerak, harbiy xizmatchilar ham Makarov pistoletini notoʻliq qisimlarga ajratish va yigʻish hamda amaliy oʻq otish yoʻnalishlarida qobiliyatlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdilar. Harbiy xizmatchilarning ekstremal vaziyatlardagi harakatlarga axloqiy-ruhiy tayyorlash maqsadida maxsus toʻsiqli yoʻlakdan oʻtish tartiblari koʻrsatildi. Jangovar vaziyatlarda tibbiy taʼminotni tashkil qilish va birinchi yordam koʻrsatish va jamoani jipslash hamda bir biriga boʻlgan ishonchini mustahkamlash boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. 3 kun davomida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov davomida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ashula va raqs ansambli va viloyat madaniyat boshqarmasining soʻz ustalari va umidli xonandalari tomonidan konsert dasturi tashkil qilinib, ishtirokchilarning maroqli hordiq olishlariga zamin yaratdi. Yakuniy natijalarga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar qoʻmondonlik tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech