Jizzax viloyatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, "Ma'rifat" targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining inspektor-psixologlarini maktablardagi xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi. Seminar yakunida inspektor-psixologlar Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Bolalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi kapitan Tojiboyev Doston Ibaydullayevich tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Psixolog olimlar tomonidan olib boriladigan bu oʻquv-seminarlari Respublika boʻylab davom etmoqda.
Bo`lishmoq: