Sport – bu sogʻlik, barkamollik va yetuklik demakdir. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish va yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi, Qo'riqlash boshqarmasi hamda Jizzax viloyat karate federatsiyasi bilan hamkorlikda karate bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqaning ochilish marosimida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar chiqishlar namoyish etildi. Bu musobaqa ishtirokchilariga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi. Musobaqada harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari ham faol ishtirok etishdi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan ishtirokchilar kubok, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: