Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar uchun Jizzax shahridagi “Sharof Rashidov uy muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi.
Muzeyda harbiy xizmatchilar Sharof Rashidovning amalga oshirgan bunyodkorlik faoliyati, siyosiy hayoti haqidagi ekspozitsiyalar, uning hujjatlari, shaxsiy narsa-buyumlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining sovg’alari hamda oilasiga bag’ishlangan ekspozitsiya, hujjatlar va shaxsiy narsa-buyumlari, kitoblari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyat va an'analarga, katta avlod vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hamda Sharof Rashidov tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Jizzax shahridagi Sharof Rashidov uy muzeyida faxriylar, harbiylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi" ham o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshi ulug‘ faxriylar, atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov hayoti va ijodi, uning bosib o‘tgan yo‘li, o‘zbek xalqi uchun olib borgan islohotlari, jasorati va vatanparvarligi haqida, amalga oshirgan bunyodkorlik faoliyati, uning buyuk davlat va siyosat arbobi, yuksak iste’dod sohibi va ijodkor shaxs ekanligi haqida so'z yuritdilar.
Bo`lishmoq: