Tadbirda Jizzax viloyat MIB va garnizondagi harbiy qism, Mudofaa vazirligi Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Xalq ta’limi boshqarmasi, Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi, viloyat FVB, Harbiy prokuratura, faxriylar kengashi va keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda so'z olganlar yoshlarga berilgan mazkur sharafli nishon kelgusida o‘z tengdoshlari orasida haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi bo‘lishi, Vatanimiz ravnaqi, uning gullab yashnashiga munosib hissa qo'shishlarini ta’kidlab, yoshlarga omadlar tiladilar.
Tadbirda o‘quvchi yoshlar tomonidan Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va she’rlar, harbiylar tomonidan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Bo`lishmoq: