1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarni sportga yanada keng jalb qilish maqsadida sportning kamondan otish turi bo‘yicha musobaqa ham tashkillandi. Ushbu musobaqada bolajonlar kamondan otish bo‘yicha o‘zlarini mahoratlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bo`lishmoq: