Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-polkovnik Xuseyn Kurtog‘lu boshchiligidagi Turkiya Jandarmeriyasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz 2021 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga ilk bor Turkiya respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya-generali Arif Chetinning tashrifi bo‘lib o‘tgan. Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish to‘g‘risida kelishilgan.
Mazkur tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida bugungi kunda o‘rnatilgan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari eʼtirof etilib, harbiy taʼlim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Turk tomoni so‘ngi yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan amaliy tadbirlarni yuqori baholab kelgusi hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi harbiy xizmatchilarining professional malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari borasida qator kelishuvlarga erishildi.
Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolarini O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati faoliyati, “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi va Kavaleriya eskadroniga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.
Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Bo`lishmoq: